Samarqand shahrida 17 sentyabrdan boshlab transport vositalari harakatiga qo`yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, 14–17 sentyabr kunlari shaharning Ibn Sino, Bo`stonsaroy, Universitet xiyoboni, G-34, Sadriddin Ayniy, Registon, Rudakiy, Shohi Zinda, Usta Umar Jo`raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug`bek, Gulobod, Muqimiy, Dahbed ko`chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanishi munosabati bilan mazkur ko`chalarda jamoat transporti vositalarining harakatiga cheklov o`rnatilgandi.
Bundan tashqari, Samarqand shahridagi 28 ta avtobus, 2 ta tramvay yo`nalishlari, shuningdek, ikkita yo`nalishda taksi xizmati vaqtincha to`xtatilgan edi.






