Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi bog`chada 50 nafarga yaqin bolada ovqatdan zaharlanish kuzatilganligi xususida xabarlar tarqalmoqda.
Maktabgacha ta`lim vazirligi ushbu xabarlarni rad etdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 17 sentyabr kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 7-bo`limiga Qarshi shahar, “Qo`rg`oncha” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi, Qarshi shahridagi 32-Davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi X.Sh. o`tkir diariya tashhisi bilan yotqizilgan.
Epidemiologik surishtirish davomida bemorda ich ketish, ko`ngil aynish, holsizlik, isitma ko`tarilishi kuzatilgan. Ayni paytda bemorning ahvoli yaxshi, davo muolajalari olib borilmoqda.
Shuningdek, xatda SEO va JSX Qarshi shahar bo`limi bo`limga mazkur tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalar o`rtasida ovqatdan zaharlanish holati bo`yicha tezkor xabarnoma kelib tushmaganligini bildirgan.