AsosiyJamiyat

Namangandagi maktab va mahalla arig`ida nega har kuni qonli suv oqayotganiga izoh berildi

'Namangandagi maktab va mahalla arig`ida nega har kuni qonli suv oqayotganiga izoh berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda maktab va mahalla arig`ida har kuni qonli suv oqayotgani aytilgan video va fotolar tarqaldi.

Holat bo`yicha Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, xabarga asosan Namangan shaxar Ichki ishlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari tomonidan voqea joyi, ya`ni "Yangi Namangan" tumani, "Ishonch" Maxalla fuqarolar yig`ini, G`azina ko`chasi o`rganilganda, shu ko`chada joylashgan kushxonadan chiqqan chiqindi suv kanalizasiya tarmog`idan toshib ko`chadagi ariqga qo`yilayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan xolatni bartaraf etish yuzasidan ishlar tashkillashtirildi.

"Hurmatli fuqarolar murojaat yuzasidan yuqoridagi xolatni to`liq bartaraf etilgandan so`ng, qo`shimcha ma`lumot taqdim etamiz", - deyiladi xabardi. 

    Boshqa yangiliklar