Yig`ilishda turagentlarga lisenziya talabini bekor qilib, xabardor qilish tartibiga o`tkazish bo`yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo`yildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Umuman, Turizm vazirligi va viloyat hokimlari oldiga yangi imkoniyatlardan foydalanib, kelgusi yilda kamida 7 million xorijiy va 12 million ichki turistlarni jalb qilish vazifasi qo`yildi.
Kelgusi yilda turizm eksportini kamida 2 milliard dollarga etkazish uchun barcha imkoniyatlar borligi ta`kidlandi.
Yig`ilish yakunida mutasaddilarning axboroti tinglandi.






