AsosiyJamiyat

Farg`ona vodiysidan Toshkent, Nukus, Buxoro va Urganch shaharlariga kunlik aviareyslar yo`lga qo`yiladi

'Farg`ona vodiysidan Toshkent, Nukus, Buxoro va Urganch shaharlariga kunlik aviareyslar yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev “Toshkent-Samarqand” va “Toshkent-Andijon” yo`nalishlarida avtomobilda yo`lovchi tashish vaqti o`rtacha 1-1,5 soatga ko`payganini ta`kidladi. O`z navbatida, davlatimiz rahbari tomonidan temir yo`l va avia qatnovlar soni va sifati talab darajasida emasligi ko`rsatib o`tildi.

Shu bois tegishli mutasaddilarga:

- vodiy viloyatlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlariga har kuni aviareyslarni yo`lga qo`yish;

- viloyat markazlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlariga avia va temir yo`l qatnovlarini 2 baravar ko`paytirish;

- kamida 500 ta eski tipdagi vagonlarni kelgusi ikki yilda rekonstruksiya qilish bo`yicha alohida dastur qabul qilish;

- viloyatlar hududidagi kongres-xoll, saroylar, mehmonxonalar infratuzilmasidan samarali foydalanishni yo`lga qo`yish;

- shveysariyalik mutaxassislar bilan birga Buxoro, Zomin va Bo`stonliq turizm kollejlarida mehmonxona boshqaruvi, servis va boshqa yo`nalishlarda yangi o`quv dasturlari asosida o`qitishni boshlash;

- “Ipak yo`li” turizm universitetida mehmonxona va servis sohasida o`rta bo`g`in xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlab, yiliga kamida 1 ming nafar yoshlarni o`qitish topshirildi. 
 

    Boshqa yangiliklar