"Yo`l harakatini tashkil etish to`g`risida"gi yangi qonun qabul qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis quyi palatasi deputati Rasul Kusherbaev xabar berdi.
"Bundan buyon avtomobil haydashning o`zi bo`lmaydi. Mas`uliyat bir emas, o`n baravar oshadi. Albatta mas`uliyat oshishi haydovchilar bilan bir qatorda nazorat qiluvchi organlarning xodimlarida ham parallel ravishda kechmog`i lozim", – deydi deputat.
Yangi qonunda:
- Yo`l harakatini tashkil etishning asosiy prinsiplari;
- yo`l harakatini tashkil etish sohasidagi davlat boshqaruvi;
- avtomobil yo`li egasining huquq va majburiyatlari;
- yo`l harakatini tashkil etishga qo`yiladigan umumiy talablar;
- yo`l harakati monitoringini olib borish;
- yo`l harakatini tashkil etish samaradorligini ta`minlash;
- to`xtab turish joylariga qo`yiladigan talablar;
- kapital qurilish ob`ektlarida yo`l harakatini tashkil etish tartibi;
- yo`l harakatini tashkil etish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki;
- yo`l harakatini tashkil etish bo`yicha hujjatlarga qo`yiladigan umumiy talablar;
- yo`l harakatini tashkil etishning loyihalarini ishlab chiqish tartibi;
- yo`l harakatini tashkil etish bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- transport vositalarini boshqarishga to`sqinlik qiluvchi kasalliklar ro`yxati belgilanmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o`qishda qabul qilindi.






