IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining ma`lum qilishicha, poytaxtdagi "Qushbegi" ko`prigi aylanma yo`lining bir qismi (Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutidan Sergeli tomoniga yo`nalgan qismi) 24 sentyabr soat 00:00 ga qadar yopiladi.
Ma`lum qilinishicha, bu erda yo`l ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.
"Haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so`raymiz", – deyiladi xabarda.






