AsosiyJamiyat

Vazir o`rinbosari Termiz shahriga hokim bo`ldi

'Vazir o`rinbosari Termiz shahriga hokim bo`ldi'ning rasmi

Termiz shahri hokimi lavozimiga O`ktam Ismoilovich To`raev tayinlandi. 

O`ktam To`raev bugungacha Qurilish vazirining o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. U bu lavozimga 2021 yil may oyida tayinlangandi.

O`ktam To`raev 1979 yil 25 oktyabrda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tug`ilgan. 2000 yilda Termiz davlat universiteti, 2002 yilda Toshkent avtomobil-yo`llar instituti, 2011 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

U Muzrabot tumani hokimining birinchi o`rinbosari, Boysun tumani hokimi lavozimlarida ishlagan. 2019 yildan vazir o`rinbosari bo`lgunga qadar Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar