AsosiyDunyo

Qozog`iston prezidenti dunyo davlatlariga energetika tanqisligini oldini olishda yordam berishini ma`lum qildi

'Qozog`iston prezidenti dunyo davlatlariga energetika tanqisligini oldini olishda yordam berishini ma`lum qildi'ning rasmi

Qozog`iston yaqin oylarda dunyo davlatlariga energetik resurslar tanqisligini oldini olishda yordam beradi. Bu haqda "Zamon.uz" Qosim Jo`mart-To`qaev BMT bosh assambleyasidagi chiqishidan ihtibos keltirgan Sputnik Kazaxstanga tayanib xabar qildi.  

"Qozog`iston savdo va etkazib berish zanjirlaridagi uzilish ortidan yuzaga kelgan energetik resurslar va o`ta muhim xomashyo tanqisligi oqibatlarini yumshatishda yordam beradi", — degan u.

To`qaevning qo`shimcha qilishicha, uzoq muddatli istiqbolda uning davlati yashil energetikani keng joriy etadi.

Ma`lumot o`rnida: Pandemiyadan keyingi tiklanish davri neft va gazga bo`lgan talabni oshirdi. Bundan tashqari, Rossiya-Ukraina mojarosi fonida joriy etilgan sanksiyalar yoqilg`i narxining keskin oshishiga sabab bo`ldi. Neftning bir barreli 2014 yildan buyon ilk bor 100 AQSh dollaridan oshdi. Gazning ming kubometri esa o`rtacha 1500-2000 dollargacha ko`tarildi.

Avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish dunyo davlatlarini yashil energetikaga ko`proq investisiya ajratishga chaqirgandi. 

    Boshqa yangiliklar