AsosiyDunyo

Alisher Usmonov soliqlar to`lashdan bosh tortishda va pul yuvishda gumonlanmoqda

'Alisher Usmonov soliqlar to`lashdan bosh tortishda va pul yuvishda gumonlanmoqda'ning rasmi

Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni o`rganish markazi (OCCRP) ma`lumotlariga ko`ra, Germaniya polisiyasi rossiyalik oligarx Alisher Usmonovni millionlab evro soliq to`lashdan bo`yin tovlash va pul yuvishda gumon qilmoqda.

Federal jinoiy polisiya boshqarmasi, Bavariya shtati polisiyasi va soliq tergovchilarining maxsus bo`linmasi a`zolari Usmonovning Bavariya janubidagi Tegernze ko`li qirg`og`idagi 500 kvadrat metrlik qarorgohida reyd o`tkazgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari oligarx va uning opa-singillaridan biriga tegishli qo`shni ikkita uyni ham tekshirishgan.

Bunga Usmonovga nisbatan moliyaviy firibgarlik bo`yicha bir necha oy davom etgan tergov sabab bo`lgan. Nemis rasmiylari uni millionlab evrolar uchun soliq to`lashdan bo`yin tovlaganlikda gumon qilmoqda, chunki oligarx daromad va sovg`alar bo`yicha zarur soliq deklarasiyasini taqdim etmagan. 

Jurnalistlarning yozishicha, agar Usmonovga qo`yilgan ayblovlar isbotlansa, jiddiy qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Biroq, aniqlanishicha, 28 fevral kuni oligarx “Rossiyaning Ukrainaga noqonuniy bostirib kirishini” qo`llab-quvvatlagani uchun Evropa Ittifoqi unga nisbatan sanksiyalar kiritganidan keyin Myunxendan Toshkentga uchib kelgan.

    Boshqa yangiliklar