AsosiyDunyo

Qozog`istonda Prezident saylovi qachon o`tkazilishi ma`lum qilindi

'Qozog`istonda Prezident saylovi qachon o`tkazilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Qozog`iston Prezidenti Qosim-Jomart To`qaev joriy yilning 20 noyabriga navbatdan tashqari prezidentlik saylovini tayinlash to`g`risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati ma`lum qildi.

“Qozog`iston Respublikasi Prezidenti saylovi 2022 yil 20 noyabrga tayinlansin”, deyiladi farmon matnida.

Unga ko`ra, Markaziy saylov komissiyasiga navbatdan tashqari Prezident saylovini tashkil etish va o`tkazishni ta`minlash yuklatilgan.

Qayd etilishicha, mazkur farmon birinchi rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar