Mamlakatda keng ko`lamli norozilik namoyishlari bo`lib o`tdi.
Dushanba kuni Eronning aholi eng gavjum shahri bo`lgan Tehronning shimoliy Rasht va din yaxshi rivojlangan Mashhad ko`chalari minglab namoyishchilar bilan to`ldi, deya yozmoqda Iran International.
Bunday noroziliklarga 22 yashar mahbus Mahsa amirining o`limi sabab bo`lgani aytiladi. Polisiyaning ta`kidlashicha, u bosh ro`molini talab darajasida o`ramagan. Guvohlarga ko`ra, uni polisiya xodimlari do`pposlashgan.
Shubhasiz, noroziliklar ijtimoiy erkinliklarga intilish bilan bog`liq. Jarayon qatnashchilarining aksariyati ruhoniy boshqaruvning mohiyatini va uning eng yuqori ramzi bo`lgan oliy rahnamo Ali Xomanaiyni rad etmoqda.
Namoyishlar poytaxtdagi Hijob nomli ko`chadan boshlangan. Buni uyushtirgan ba`zi ayollar huquqlari faollari, jumladan hujjatli film rejissyori Mahnaz Muhammadiy o`sha erda xavfsizlik kuchlari tomonidan zo`ravonlik bilan hibsga olingan, biroq bir necha soatdan keyin ozod etilgan.
Bunday katta miqyosda hech qachon kuzatilmagan harakatda, yuzlab, hatto minglab norozilik bildirgan ayollar ro`mollarini echib, boshlari ustida silkitishgan. Ayollar hatto yosh qizning ona shahri bo`lgan Saqqez kabi kichik, an`anaviy shaharlarda ham ro`mollarini echishgan. Ba`zi namoyishchilar hijobini yoqib ham borishgan. Keltirilishicha, ular axloq polisiyasi hamda har qadami ortidan josus qo`yadigan Islomiy respublika rahbarlaridan charchashgan.
Norozilar nima kiyishni o`zlari hal qilish huquqini ta`kidlashgan.
Rasmy Tehron xabarlariga ko`ra, Beheshti kabi ba`zi universitetlar talabalari kampuslarda norozilik namoyishlarini boshlagan. Ijtimoiy tarmoqlarda seshanba kuni kechqurun hambutun mamlakat bo`ylab noroziliklarni davom ettirish uchun chaqiriqlar qilingan.
Mamlakatdagi eng yirik Tehron universiteti yana kuzatilishi mumkin bo`lgan holatlarni oldini olish maqsadida avvaldan chora ko`rgan va talabalarga SMS orqali keyingi uch hafta ichida barcha darslarni onlayn rejimida o`tkazilishini ma`lum qilgan.