AsosiyDunyo

"Yaqin orada Rossiya hukumati safarbarlik muddatiga aniqlik kiritadi" — Peskov

'"Yaqin orada Rossiya hukumati safarbarlik muddatiga aniqlik kiritadi" — Peskov'ning rasmi

Sal avval Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mamlakatda harbiy safarbarlik e`lon qilinishi haqidagi murojaati ortidan Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham o`z murojaatini e`lon qilib, Rossiya Ukraina bilan emas, balki kollektiv G`arb bilan kurashayotganini aytgandi.

Shuningdek, mamlakatda safarbarlik e`lon qilingani haqida ham xabar bergandik.

Rossiya rahbari matbuot kotibining ma`lum qilishicha, Rossiyada “maxsus harbiy operasiya” maqomini o`zgartirish va harbiy holat joriy etish bo`yicha hech qanday qarorlar qabul qilinmagan. Shuningdek, muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar uchun chegaralar yopilishi haqidagi ma`lumotlar ham tez orada ochiqlanadi, deya yozmoqda Zamon.uz' sayti.

Peskovga ko`ra, Rossiya hukumati Ukraina bilan urushda NATOning harbiy qudratiga duch kelganligi sababli qisman safarbarlik e`lon qildi.

    Boshqa yangiliklar