Yangi hafta boshida Qoraqalpog`istonning Ustyurt platosi va ko`plab tumanlarida kunduz kuni havo harorati maksimumi +25 darajaga ko`tariladi.
Berilgan xabarga ko`ra, 26 sentyabr kuni Qoraqalpog`istonda harorat bir kun oldingi kun haroratiga nisbatan 10-12 darajaga pasayadi. Chunki, prognozlarda 25 sentyabr kuni shimolda harorat maksimumi +37 daraja issiq bo`lishi ko`rsatilgan.
Mazkur ob-havo prognozi O`zbekistonga hafta boshidan shimoli-g`arbiy sovuq havo oqimi kirib kelayotganini anglatadi. Shimoli-g`arbiy sovuq oqim hozirgi mavsumda respublikaga yog`ingarchilik olib kelmaydi.
Tog`lar, ayrim tog` oldi hamda sharqiy viloyatlarni (mazkur hududlarda ham ko`p yog`in bo`lmaydi) hisobga olmaganda, respublika katta qismida kelayotgan hafta yog`ingarchiliksiz o`tishi mumkin.
Darvoqe, sovuq havo oqimini respublikaga kirib kelish bosqichida joylarda kuchli shamol va chang to`zonlar ko`tarilishi prognoz qilinmoqda.
22.09.2022 09:48
Kelayotgan hafta boshidan O`zbekistonda kunlar soviy boshlaydi
