Ukraina bosh vaziri o`rinbosari Irina Vereshchuk 21 sentyabr kuni kechqurun rossiyalik harbiylarni taslim bo`lishga chaqirdi, deya xabar berdi "Meduza".
“Shu orqali siz o`zingiz va yaqinlaringiz uchun eng qimmatli narsa — hayotingizni saqlab qolasiz. Bu begona yurtda o`lib ketgandan yaxshiroq”, — deydi u.
Vereshchuk vaqt o`tishi bilan taslim bo`lgan rossiyaliklar ukrainalik harbiy asirlarga almashtirilishi mumkinligini aytdi, biroq ular qaytishdan bosh tortish huquqiga ega ekanini ham ta`kidladi.
“Agar siz Rossiyaga qaytishni istamasangiz, Jeneva konvensiyalari va Ukraina qonunlariga ko`ra, hech kim sizning xohishingizga qarshi Rossiyaga qaytarmaydi”, — deydi Ukraina bosh vaziri o`rinbosari.