1

Chiroqchi, Shahrisabz, Sariosiyo, Yakkabog` va Gulistonda kredit mablag`larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Jinoyat 22.09.2022, 18:12
Chiroqchi, Shahrisabz, Sariosiyo, Yakkabog` va Gulistonda kredit mablag`larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplaens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag`larining talon-toroj qilinishi bo`yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan o`z vaqtida qonuniy choralar ko`rilmoqda. 

Xususan, Departamentning Chiroqchi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Ch.B.” MChJ va “R.Sh.” dehqon xo`jaligi ta`sischisi J.A. tijorat banki filiali mas`ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, 40 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomiga ajratilgan jami 2,1 mlrd so`mlik imtiyozli kredit mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Shahrisabz tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.T.” dehqon xo`jaligi rahbari T.B. hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi o`rinbosari O.T. bilan o`zaro til biriktirib, baliqchilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 1 mlrd so`m kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Sariosiyo tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.A.” fermer xo`jaligi rahbari A.N. tijorat banki filiali mas`ul shaxslari bilan o`zaro til biriktirib, “forel” baliqlarini etishtirish uchun intensiv havza tashkil etish uchun ajratilgan 1,9 mlrd so`m kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Yakkabog` tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “X.N.” MChJ rahbari A.Q. bank filialidan ajratilgan 990 mln so`m kredit mablag`ini hamda garov ta`minotiga qo`yilgan “Y.E” MChJga tegishli issiqxona binosining jami 304,3 mln so`mlik metall quvurlarini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Guliston shahar bo`limi tomonidan bank filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.T.” MChJ rahbari Sh.Yu. va boshqalar tijorat banki filialidan olingan 700 mln so`m kredit evaziga sotib olingan polietilen granulalarini sotib yuborib, kredit mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1