AsosiyJamiyat

Samarqandda 15 yoshli bola kanalizasiya quvuriga tushib ketdi

'Samarqandda 15 yoshli bola kanalizasiya quvuriga tushib ketdi'ning rasmi

Bugun, 23 sentyabr kuni Samarqand shahrida 15 yoshli bola ehtiyotsizlik oqibatida erosti quvuriga tushib ketdi

Qayd etilishicha, soat 17:00 da Samarqand shahrining “Abubakr Roziy” ko`chasida joylashgan chuqurligi taxminan 12 metr bo`lgan erosti quvuri (kanalizasiya)ga 15 yoshli bola tushib ketgani haqida viloyat FVBga xabar kelgan.

Bola qutqaruvchilar tomonidan sog`-salomat chiqarib olinib, unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan va davolash muassasasiga yuborilgan. Hozirda bola shifokorlar nazoratida.

    Boshqa yangiliklar