AsosiyJamiyat

Toshkentda metropoliten xodimi pora olayotgan vaqtda qo`lga tushdi

'Toshkentda metropoliten xodimi pora olayotgan vaqtda qo`lga tushdi'ning rasmi

Xabar qilinishicha, 22 sentyabr kuni metropoliten tarkibiy tuzilmasi xodimi R.R. fuqaro L.L.ning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yish evaziga 1000 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga tushgan. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu xodimga nisbatan Prokuratura organlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “b” va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, o`rnatilgan tartibda qamoqqa olingan.

    Boshqa yangiliklar