AsosiyJamiyat

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan yana bir ona-bola O`zbekistonga olib kelindi

'Rossiyada qiyin ahvolda qolgan yana bir ona-bola O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Sankt-Peterburgda mushkul ahvolda qolgan yana bir fuqaro Vatanga qaytarildi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yil 15 sentyabr kuni Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligi hamda Bosh konsulxonaga yurtdoshimiz N.K. tomonidan uning og`ir vaziyatda qolganligi sababli Vatanga qaytarishda amaliy yordam so`rab murojaati kelib tushdi.

Fuqaroning murojaati vakillik tomonidan o`rganib chiqildi va uning og`ir ahvolda ekanligi aniqlandi. Shundan so`ng, fuqaroga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan aviachipta olib berildi va “Uzbekistan airways” kompaniyasi hamkorligida Sankt-Peterburg-Urganch yo`nalishidagi aviareys orqali O`zbekistonga qaytarildi.

Eslatib o`tamiz, sal avval ham Rossiyada ishsiz va og`ir vaziyatga tushib qolgan ayol va uning ikki nafar bolasi Sankt-Peterburg – Toshkent yo`nalishidagi aviareys orqali O`zbekistonga qaytarilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar