Ijtimoiy tarmoqlarda sochi o`stirilganligi, soqoli olinmaganligi uchun o`quvchilarning ota-onasi go`yoki jarimaga tortilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Holatga Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat haqiqatdan yiroq bo`lib, o`quvchining tashqi qiyofasi uchun ota-onalar ma`muriy javobgarlikka tortilmaydi.
"O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-moddasiga ko`ra, ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun ma`muriy javobgarlikka tortilishi mumkin", - deyiladi Bosh boshqarma matbuot xizmati xabarida.






