Sardor Umurzoqov hokimlarni qat`iy ogohlantirdi

Jamiyat 24.09.2022, 18:29
Sardor Umurzoqov hokimlarni qat`iy ogohlantirdi

Bugun, 24 sentyabr kuni Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzoqov hokimlar, soha va tarmoqlar rahbarlari ishtirokida yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudoyberdiev Hukumatdagi manbalarga tayanib yozmoqda.

O`ta tanqidiy ruhda o`tayotgan yig`ilishda Prezident tomonidan agrosanoat majmui bo`yicha qo`yilgan vazifalar hal qilinmayotgani, mutasaddilarning bu boradagi mas`uliyatini yanada oshirish, ijro intizomini so`zsiz ta`minlash masalalari ko`rib chiqilgan.

Bundan tashqari, hokimlar va boshqa rahbarlar klasterlar ishiga aralashmasligi, ma`muriy bosim o`tkazmasligi, balki birlamchi e`tiborini majburiy mehnatga yo`l qo`ymaslik, kambag`allikni qisqartirish, mahallalarda turmush sharoitlarini va infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlik, ayniqsa kichik va oilaviy biznesni qo`llab-quvvatlashga, odamlarni qiynayotgan masalalarni hal qilishga qaratishi shartligi haqida qat`iy ogohlantirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1