1

Saratonni davolashga qaratilgan yangi usul klinik sinovdan o`tkazilmoqda

Salomatlik 25.09.2022, 09:40
Saratonni davolashga qaratilgan yangi usul klinik sinovdan o`tkazilmoqda

Shveysariyaning Bazel universiteti etakchi professorlari va mutaxassislaridan iborat guruh saratonni davolashga qaratilgan yangi usulni tadqiqotdan o`tkazdi. Bu haqda   Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati habar bermoqda.

Ma`lumki, saraton o`simtalari kutilmaganda paydo bo`lib, organizm bo`ylab tarqala boshlaydi. Eng yomoni, bu bosqichda ular turli dori-darmonlarga yuqori moslashuvchanlik qobiliyatiga ega bo`ladi.

Yangi tadqiqot ko`krak bezi saratoni hujayralarining zararli ta`sirini kamaytirishga qaratilgan. Bunga mos ingibitor(antitana)ni topish uchun 9500 dan ortiq birikma sinab ko`rildi.  

Ular orasidan PLK1 ingibitori eng mos namuna deb topildi. Ushbu birikmaning saraton hujayralariga ta`siri xastalikni samarali davolash imkonini berishi mumkin.  

Hozir mazkur usul qon, o`pka va oshqozon osti bezi saratoni muolajasida qanday natija berishi yuzasidan klinik sinovlar davom ettirilmoqda.  

Ma`lumot uchun: tahlillarga ko`ra, dunyoda har yili 20 million nafarga yaqin kishi onkologik xastaliklarga chalinib, ulardan teng yarmi saraton asoratlari tufayli hayotdan ko`z yummoqda.  

.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1