AsosiyDunyo

KXDR va Xitoy temiryo`l orqali yuk tashishni tikladi

'KXDR va Xitoy temiryo`l orqali yuk tashishni tikladi'ning rasmi

KXDR Xitoy bilan temiryo`l orqali yuk tashishni qayta tikladi. Bu haqda "Zamon.uz"  Reuters`ga tayanib xabar bermoqda. 

Janubiy Koreya birlashuv vazirligining ma`lum qilishicha, Xitoyning Dandun hududidan Shimoliy Koreyadagi Sinuiju shahriga yuk poezdi kelgan.  Joriy yilning 29 aprelida temiryo`l qatnovlari butunlay to`xtatib qo`yilgandi. Bunga chegara hududlarida COVID-19 bilan kasallanish avj olib ketgani sabab bo`lgan.

Ekspertlar temiryo`l orqali yuk tashishning to`xtab qolishi KXDRda oziq-ovqat ta`minoti bilan bog`liq vaziyatni yomonlashishiga olib kelishini ta`kidlagan.

Janubiy Koreya birlashuv vazirligi yuk ortilgan poezdlar qatnovi 26 sentyabrda tiklanganini qayd etgan.

 

    Boshqa yangiliklar