Qozog`iston Ukrainaning to`rt viloyatining Rossiya tarkibiga qo`shilishi bo`yicha o`tkazilgan referendumlarni tan olmaydi, deb xabar berdi Qozog`iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
"O`zini mustaqil deb e`lon qilgan DXR va LXR hamda Zaporoje va Xerson viloyatlari harbiy ma`muriyatlari tomonidan Rossiyaga qo`shilish bo`yicha referendumlar o`tkazilishi borasida Qozog`iston davlatlarning hududiy yaxlitligi, ularning suveren tengligi va tinch-totuv yashash tamoyillaridan kelib chiqadi", — deydi TIV matbuot kotibi Oybek Smariyarov.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Tokaevning BMT minbaridan so`zlagan nutqiga e`tibor qaratib, u ushbu jahon universal tashkiloti Nizomiga asoslangan xalqaro huquq tamoyiliga sobitqadamlik bilan rioya qilish muhimligini ta`kidladi. Nizomda BMTga a`zo davlatlarning tinchlikni saqlash va davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish mas`uliyati haqida so`z boradi.
“Biz siyosiy muloqotni yo`lga qo`yish uchun har tomonlama yordam berishga tayyorligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz. Shu bilan birga, mamlakatimiz ham mintaqaviy, ham jahon miqyosida barqarorlikni saqlashni eng muhim vazifa, deb biladi”, — deyiladi murojaatda.