AsosiyJamiyat

Oxirgi 5 yilda elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish - 4 trilliondan 17 trillion so`mga, eksport – 117 milliondan 563 million dollarga oshdi

'Oxirgi 5 yilda elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish -  4 trilliondan 17 trillion so`mga, eksport – 117 milliondan 563 million dollarga oshdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev huzurida elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo`nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari sohada erishilgan natijalarga to`xtaldi.

Oxirgi 5 yilda elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish - 4,5 baravarga (4 trilliondan 17 trillion so`mga), eksport – 5 baravarga (117 milliondan 563 million dollarga) oshdi.

Yil yakunigacha eksport 750 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Eksportbop mahsulotlar soni 200 taga etdi, Farg`ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi 11 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqdi.

Bugungi kunda sohada 1 milliard 200 million dollarlik 205 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Tarmoqda yuqori qo`shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni 2 baravarga, eksportni yanada oshirish reja qilingan.
 

    Boshqa yangiliklar