Prezident tarmoqdagi o`z echimini kutayotgan dolzarb masalalarni ko`rsatib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jahon bozorlaridagi vaziyat ikki yilda eksportni 1,5 milliard dollarga etkazish mumkinligini ko`rsatmoqda. Bundan tashqari, ichki bozorda ham 1 milliard 300 million dollarlik import bozori bor.
Bundan tashqari, ichki va atrofimizdagi bozorlarda yarim o`tkazgich va elektron platalarga talab 6 milliard dollarni tashkil etadi.
Masalan, elektromobil sanoati uchun zarur litiy-temir-fosfatli batareyalar ishlab chiqarishga barcha xom-ashyo zahirasi mavjud.
Bu borada hududlarda barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Lekin, hudud rahbarlari bu imkoniyatlarni hisob-kitob qilib, foydalanmayotgani ko`rsatib o`tildi.
Masalan, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari Qoraqalpog`iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda qolgan hududlarga nisbatan 2-3 baravar past (200 milliard so`mga etmaydi).
Bugungi kunda eksport bozoriga bitta-ikkita mahalliy brend chiqa oldi, xolos. Eksportning 80 foizi shu brendlarga to`g`ri kelmoqda.
Eksportni 1,5 milliard dollarga olib chiqish uchun esa kamida 3-4 ta yangi brend yaratish zarurligi ta`kidlandi.
26.09.2022 17:22
Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari Qoraqalpog`iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda qolgan hududlarga nisbatan 2-3 baravar past
!['Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari Qoraqalpog`iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda qolgan hududlarga nisbatan 2-3 baravar past'ning rasmi](https://api.darakchi.uz/media/news_preview/2024/07/24/IMG_20220926_171633_477-xl.medium.webp)