Davlat rahbari raisligidagi yig`ilish davom etmoqda.
Yaqinda Prezident tomonidan tasdiqlangan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish bo`yicha dasturda:
- 34 mingta xonadon, vazirlik va idoralarning 6 mingta ob`ektida bunday qurilmalar o`rnatilishi belgilandi;
- aholiga kompensasiya olish, kreditni 3 yil ichida foizsiz bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati yaratildi.
Kelgusi uch yilda misni chuqur qayta ishlashni kamida 2 baravarga oshirish zarurligi qayd etildi.
Ohangarondagi mis klasterining boshqaruv tizimini takomillashtirish, xorijiy boshqaruvni yo`lga qo`yib, chuqur qayta ishlash loyihalari, ilm va innovasiyani olib kirish muhimligi ta`kidlandi.