Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Sirg`ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan navbatdagi qonunbuzilishi holatlariga chek qo`yildi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, xorijdan keltirilgan don saqlash uchun mo`ljallangan uskunalar belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Yuk egalari tomonidan taqdim etilgan bojxona yuk deklarasiyasida tovarlar yaxlit bitta tovar sifatida tasniflanishi ma`lum qilingan, biroq o`tkazilgan tekshiruvlar natijasida mazkur uskunalar alohida tarzda uchta tovar sifatida tasniflanishi aniqlangan.
Natijada, davlat byudjetiga 103,4 mln. so`mlik qo`shimcha bojxona to`lovlari hisoblangan.
Navbatdagi holatda esa bojxona postiga keltirilgan hujjatlarga ko`ra, bolalar motosikli va ilgari foydalanilgan gaz dvigatellari tekshiruvdan o`tkazilganida, hujjatlarda qayd etilmagan 27 dona akkumulyatorli bolalar avtomobillari borligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.