1

Bugun havo harorati 22-27 daraja bo`lishi kutilmoqda

Jamiyat 27.09.2022, 08:06
Bugun havo harorati 22-27 daraja bo`lishi kutilmoqda

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo`yicha ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Surxondaryo viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga etishi, ayrim joylarda chang to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 22-27° ni tashkil etadi. 

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-27° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 21-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1