1

Saratonni davolashga qaratilgan yangi usul klinik sinovdan o`tkazilmoqda

Jamiyat 27.09.2022, 08:58
Saratonni davolashga qaratilgan yangi usul klinik sinovdan o`tkazilmoqda

Tahlillarga ko`ra, dunyoda har yili 20 million nafarga yaqin kishi onkologik xastaliklarga chalinib, ulardan teng yarmi saraton asoratlari tufayli hayotdan ko`z yummoqda. 

Shu bois tibbiyot olimlari ushbu xavfli kasallikning samarali davosini topish va bu orqali bemorlar o`limini keskin kamaytirish maqsadida doimiy izlanishda.

Shveysariyaning Bazel universiteti etakchi professorlari va mutaxassislaridan iborat guruh ayni shu maqsadda tadqiqot o`tkazdi. Bu haqda SSV matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilishicha, saraton o`simtalari kutilmaganda paydo bo`lib, organizm bo`ylab tarqala boshlaydi. Eng yomoni, bu bosqichda ular turli dori-darmonlarga yuqori moslashuvchanlik qobiliyatiga ega bo`ladi.

Yangi tadqiqot ko`krak bezi saratoni hujayralarining zararli ta`sirini kamaytirishga qaratilgan. Bunga mos ingibitor(antitana)ni topish uchun 9500 dan ortiq birikma sinab ko`rildi. 

Ular orasidan PLK1 ingibitori eng mos namuna deb topildi. Ushbu birikmaning saraton hujayralariga ta`siri xastalikni samarali davolash imkonini berishi mumkin. 

Hozir mazkur usul qon, o`pka va oshqozon osti bezi saratoni muolajasida qanday natija berishi yuzasidan klinik sinovlar davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1