1

Xorijdan O`zbekistondagi tibbiyot muassasalariga "perevod" qilmoqchi bo`lgan 6,5 ming talaba DTM testlaridan o`tolmadi

Jamiyat 27.09.2022, 09:03
Xorijdan O`zbekistondagi tibbiyot muassasalariga "perevod" qilmoqchi bo`lgan 6,5 ming talaba DTM testlaridan o`tolmadi

Joriy yil tibbiyot oliy ta`lim muassasalariga talabalar o`qishini ko`chirish bo`yicha juda ko`p murojaatlar kelib tushgan. Ularning asosiy qismi orasida chet elda tahsil olayotgan va o`qishini mamlakatimizda davom ettirish istagida bo`lganlar hamda yurtimizning bir hududida joylashgan davlat oliy ta`lim muassasasidan boshqa hududidagi oliy o`quv yurtiga ko`chirish istagidagi yoshlar. 

Mazkur arizalarni ko`rib chiqish jarayonida, belgilangan sinovlardan muvaffaqiyatli o`tgan va tegishli mezonlarga to`g`ri kelgan talabalarninggina o`qishlari ko`chirildi.
Xususan, 2022-yil O`zbekistondagi oliy ta`lim muassasalariga o`qishni ko`chirish bo`yicha jami 168 ta ariza kelib tushgan bo`lib, ularning barchasi qonun doirasida hal etildi.

Shuningdek, xorijda tibbiyot yo`nalishi bo`yicha  tahsil olayotgan 6 ming 545 nafar talaba o`qishini mamlakatimizda davom ettirishi uchun Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o`tkazildi. 

Yakunda ularning 89 nafari belgilangan imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tib, o`qishini yurtimizdagi oliy tibbiyot muassasalariga ko`chirishiga ruxsat etildi. Sinovlarda etarli ball to`play olmagan 6 ming 456 nafar talabaning arizasi esa rad etildi.

Qolaversa, tibbiyot kolleji va jamoat salomatligi texnikumlari o`quvchilaridan o`qishni ko`chirish bo`yicha 1 ming 530 ta ariza kelib  tushib, ulardan 666 tasi qanoatlantirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1