AsosiyDunyo

Sadir Japarov Tojikiston bilan kelishuvni tanqid qilayotgan qirg`izistonliklarni safarbar qilishga ko`rsatma berdi

'Sadir Japarov Tojikiston bilan kelishuvni tanqid qilayotgan qirg`izistonliklarni safarbar qilishga ko`rsatma berdi'ning rasmi

Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov Mudofaa vazirligiga ijtimoiy tarmoqlarda Tojikiston bilan chegaradagi postlarni olib tashlash bo`yicha kelishuvni tanqid qilayotgan va buni erdan voz kechishga tenglashtirayotgan fuqarolarni safarbarlikka chaqirishni topshirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Erbol Sultonboevga tayanib, «Sputnik Kirgizstan» xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg`iziston o`z erlarni berib qo`ygani haqida yolg`on ma`lumot tarqatgan barcha fuqarolarni zaxiradagi rotaga yig`ib, Botkenga olib borish, qo`liga qurol berib, chegaralarni delimitasiya va demarkasiya qilish tugaguniga qadar harbiy post va chegara bo`linmalarida qoldirish kerak, — deya Japarovning so`zlarini keltirdi Sultonboev.

Davlat rahbarining tushuntirishicha, Qirg`iziston va Tojikiston to`qnashuvlar boshlangan joylardagi avanpostlarni olib tashlagan. Shu bilan birga, chegaralar masalasi hal etilmaguncha birorta ham chegara posti ochilmaydi.

Japarov fuqarolarni Tojikiston erimizni tortib oladi, deb xavotirlanmaslikka chaqirdi va chegarachilar bir metr hududni ham berib qo`ymasligini aytdi.

Bizning chegara o`tish joyi sun`iy yo`ldoshlar va dronlar tomonidan nazorat qilinmoqda, askarlar xavfsiz pozisiyalardan kuzatib turishibdi, — dedi u.

Sentyabr oyi o`rtalarida qirg`iz-tojik chegarasida sodir bo`lgan to`qnashuvlardan so`ng mamlakatlar maxsus xizmatlari rahbarlari tinchlik o`rnatish to`g`risidagi protokolni imzolagan edi. 25 sentyabr kuni Qirg`iziston va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbarlari «Qizil-bel» nazorat-o`tkazish punktida uchrashib, chegaradagi vaziyatni tartibga solish bo`yicha protokol imzoladi.

Qirg`iziston MXD qo`mitasi rahbari Qamchibek Tashievning aytishicha, tomonlar «Tamdik» va «Bedak» chegara postlarida, Buloqboshi, Kex, Oqsoy, Sharshara postlaridagi har qanday qo`riqlash bo`linmalarini olib tashlash va joylashtirmaslik haqida kelishib olgan. Uning ta`kidlashicha, binolar va inshootlar saqlanib qoladi.

    Boshqa yangiliklar