Poytaxtga etib kelgan yo`lovchilar uchun yangilangan VIP-zal Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalining birinchi qavatida joylashgan.
"Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida zalda alohida pasport nazorati kabinalari, yuklarni tezlashtirilgan tartibda etkazib berish, bepul WI-FI, 75 o`rinli yumshoq kreslolar, turli xil ichimliklar mavjud. Bundan tashqari, zalda Duty Free do`koni ochilmoqda. Yo`lovchilar samolyotdan CIP-zalga maxsus qulay avtobuslarda olib kelinadi" deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun:
Toshkentga uchib kelgan yo`lovchilar uchun VIP-zaldan o`tish narxi 350 000 so`mni tashkil qiladi.






