AsosiyJamiyat

Qarshida qidiruvga berilgan 15 yoshli bolaning jasadi Qarshi magistral kanali yonidan topildi

'Qarshida qidiruvga berilgan 15 yoshli bolaning jasadi Qarshi magistral kanali yonidan topildi'ning rasmi

Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi 2007 yilda tug`ilgan T.D. joriy yilning 21 sentyabr kuni soat 15:00 larda uyidan velosiped bilan chiqib ketgan va qaytib kelmagan. Shundan so`ng uning yaqinlari bolani qidiruvga bergan.

Oradan ma`lum vaqt o`tgandan keyin bola jasadi Qarshi magistral kanali yonidan topilgan.

Hozirda  Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Bolaning kanaldan jasadi oqib ketayotganda fuqarolar tomonidan olib chiqilgani qayd etilgan. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar