AsosiyJamiyat

Xovosda ekin ekish mumkin bo`lgan er butunlay yaroqsiz holga keltirildi

'Xovosda ekin ekish mumkin bo`lgan er butunlay yaroqsiz holga keltirildi'ning rasmi

Xovos tumanida sug`oriladigan ekin er maydonini yaroqsiz holga keltirish holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha,  “Sh.” fermer xo`jaligi va “Z.Z.” MChJ mansabdor shaxslari o`zaro til biriktirib, fermer xo`jaligiga ajratilgan 26,4 gektar er maydonining 10 gektarini limonariya tashkil etish uchun “Z.Z.” MChJga ijaraga berib, ushbu er maydonida 15 823 m3 qum-shag`al aralashmasini o`zboshimchalik bilan qazib olishgan. 50 sotix sug`oriladigan ekin er maydonining unumdor qatlamini yaroqsiz holga keltirganliklari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 593,1 mln so`m zarar etkazilgan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o`zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda",— deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar