24 sentyabr kuni soat 14:00 larda noma`lum shaxs A.Navoiy MFY hududida joylashgan istirohat bog`i oldida turgan “VAZ-2106” rusumli avtoulovining eshiklarini ochiq va qarovsiz qoldirganligidan foydalanib, olib qochib ketgan.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, avtoulovni topish va noma`lum shaxsni ushlash borasida olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, mazkur avtomashina Yangiqo`rg`on tumani Buloqboshi hududida joylashgan dala maydonida noma`lum shaxs tomonidan harakatlantirib ketayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Noma`lum shaxsning shaxsiga aniqlik tekshirilganda, u Yangiqo`rg`on tumani Sho`rko`l ko`chasida yashovchi ruhiy kasal 30 yoshli K.M. ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan K.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani aytiladi..
Tergov harakatlari esa davom etmoqda.






