AsosiyJamiyat

⚡️Qarshida kanal yonidan 15 yoshli bolaning jasadi topildi

'⚡️Qarshida kanal yonidan 15 yoshli bolaning jasadi topildi'ning rasmi

21 sentyabr kuni Qarshi shahrida yashovchi 15 yoshli bedarak yo`qolgan bolaning jasadi kanal yonidan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi 2007 yilda tug`ilgan T.D. joriy yilning 21 sentyabr kuni soat 15:00 larda uyidan velosiped bilan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Shundan so`ng uning yaqinlari bolani qidiruvga bergan.

Oradan ma`lum vaqt o`tgandan keyin bola jasadi Qarshi magistral kanali yonidan topilgan.

Qo`shimcha qilinishicha, bolaning kanaldan jasadi oqib ketayotganda fuqarolar tomonidan olib chiqilgan. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar