AsosiyDunyo

Eron O`zbekistonni dengizga chiqishi uchun yanada ko`proq yordam berishga tayyor

'Eron O`zbekistonni dengizga chiqishi uchun yanada ko`proq yordam berishga tayyor'ning rasmi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy O`zbekistonning dengizga chiqishi uchun borada imkon qadar ko`proq yordam berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda "Zamon.uz"  Ibrohim Raisiyning O`zAga bergan intervyusidan iqtibos keltirmoqda. 

“Biz O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ilk davrdan boshlab Eron temir, avtomobil va dengiz yo`li tarmog`i, xususan, Bandar Abbos va Chobahor portlari o`zbekistonlik tadbirkorlar savdo-iqtisodiy maqsadda foydalanishi, O`zbekiston va boshqa davlatlar tovarlarini tashishi uchun tayyorligini bildirgandik. Ikki davlat Ashxobod bitimi, Eron, O`zbekiston va Afg`oniston o`rtasidagi uch tomonlama bitim, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti hamda ikki tomonlama bitim va kelishuvlar doirasida ayni yo`nalishdagi hamkorlikning huquqiy, konsullik va bojxona bilan bog`liq shart-sharoitini yaratishga harakat qildi”, – degan Eron prezidenti.

Shuningdek, Raisiy Tehron qisqa vaqt ichida ko`plab temiryo`l infratuzilmasini yaratishni rejalashtirganini, o`zbek biznes doiralari tashqi savdoda bundan foydalanishi mumkinligini ta`kidlagan. Bunda ayniqsa, Chobahor portiga investisiya kiritish rag`batlantirilishi qayd etilgan. Prezident rasmiy Toshkentni Chobahor bitimi va Shimol-janub yo`lagiga qo`shilishni taklif qilgan.

O`z navbatida Raisiy O`zbekiston temir va avtomobil yo`llari eronlik tadbirkorlar boshqa davlatlarga chiqishi uchun qulay yo`nalish ekaniga e`tibor qaratgan.

    Boshqa yangiliklar