Bugun, 28 sentyabr kuni soat 18:34 da A-373 avtomobil yo`lining 256 kilometri, "Qamchiq" dovoni qismida "Toshkent-Vodiy" yo`nalishda harakatlanib ketayotgan yuk avtomashinasida yong`in sodir bo`ldi, deya xabar bermoqda FVV.
Ta`kidlanishicha, voqea joyiga "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari, 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan etib borgan.
"Hozirda yong`in bartaraf etilmoqda", — deyiladi xabarda vaziyat nazorat olingani bildirilib.
Ma`lumot o`rnida, hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari qayd etilmagan.






