1

"Uzbekistan Airports" parvozlarni kuzatish uchun telegram botni ishga tushirdi

Jamiyat 29.09.2022, 14:32
"Uzbekistan Airports"  parvozlarni kuzatish uchun telegram botni ishga tushirdi

Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida test rejimida ishga tushirilgan @UzairportsBot Telegram boti real vaqt rejimida barcha xalqaro va ichki reyslar, shuningdek, jadvaldagi o`zgarishlar haqida ma`lumot berib boradi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Botni ishga tushirgan har bir foydalanuvchi mavjud ro`yxatdan aeroport, terminal, uchib ketish yoki uchib kelish va o`ziga kerakli yo`nalishni tanlashi mumkin. Shundan so`ng, bot uchish vaqti, reys raqami, parvoz holati va yo`nalishi, tashuvchi aviakompaniya va ro`yxatdan o`tish ma`lumotlarni ko`rsatadi.

Ta`kidlanishicha, yaqin kelajakda botning funksiyalari yana kengaytirilishi rejalashtirilmoqda. Parvozlar holatining o`zgarganligi, poytaxt aeroporti terminallari o`rtasida qatnovchi avtobuslar jadvali, shuningdek, yuqori darajadagi komfort zallari uchun masofaviy to`lovlarni amalga oshirish imkoniyati joriy qilinadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1