1

O`zbekiston Pokistondagi suv toshqinlaridan jabrlanganlarga insonparvarlik yordamini jo`natdi

Jamiyat 29.09.2022, 15:32
O`zbekiston Pokistondagi suv toshqinlaridan jabrlanganlarga insonparvarlik yordamini jo`natdi

Termiz xalqaro aeroportidan O`zbekiston Respublikasi hukumati va BMTning Qochoqlar ishlari bo`yicha Oliy komissari boshqarmasi Pokistondagi halokatli suv toshqinlaridan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yuklari ortilgan havo transportini Karachi shahriga jo`natdi.

O`zbekiston Mudofaa vazirligi taqdim etgan samolyot orqali yuborilgan qariyb 15 tonna ya`ni, 84 ta qochoqlar uchun mo`ljallangan ixcham turar-joy to`plamlari dastlab O`zbekiston Respublikasi ko`magida “Termez Cargo Centre” xalqaro transport-logistika xabi hududida tashkil etilgan BMTning Qochoqlar ishlari bo`yicha Oliy komissari boshqarmasi Mintaqaviy gumanitar-logistik markaziga keltirildi. Bu erdan ikkita og`ir yuk avtomashinasiga ortilib, Termiz xalqaro aeroportidagi havo layneriga etkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1