AsosiyDunyo

Qozog`istonning harbiy texnikalari Rossiyaga jo`natilayotgani haqida xabarlar tarqaldi

'Qozog`istonning harbiy texnikalari Rossiyaga jo`natilayotgani haqida xabarlar tarqaldi'ning rasmi

Qozog`iston Rossiyaga harbiy texnika jo`natayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma`lumotlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Bu haqda "Zamon.uz" stopfake.kz portaliga tayanib xabar bermoqda.

“Ijtimoiy tarmoqlarda harbiy kolonna harakatlanayotgani haqida tasvirlar tarqaldi. Unga yozilgan izohga ko`ra, Qosim-Jo`mart To`qaev va Vladimir Putin kelishuviga ko`ra bu Qozog`istondan Rossiyaga ketayotgan texnika hisoblanadi. Ammo bu haqiqatga to`g`ri kelmaydi”, – deyiladi xabarda.

O`z navbatida Qozog`iston mudofaa vazirligi ham feyk xabarga izoh berdi. Vazirlik Ostona RFga hech qanday texnika jo`natmayotganini ta`kidlagan. Shu bilan birga mamlakat hududida KXShT harbiy mashg`ulotlari o`tkazilayotgani, harbiy texnika shu munosabat bilan Qozog`istonning turli nuqtalariga tashlanayotgani qayd etilgan.

Avvalroq Armaniston KXShT mashg`ulotlarida ishtirok etmasligi ma`lum bo`lgandi.

 

    Boshqa yangiliklar