1

Alisher Qodirov Ukrainadagi urushda Rossiya tarafdori bo`lgan o`zbeklarga o`z munosabatini aytdi

Jamiyat 29.09.2022, 16:08
Alisher Qodirov Ukrainadagi urushda Rossiya tarafdori bo`lgan o`zbeklarga o`z munosabatini aytdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “o`zbekistonliklar Rossiya tarafdami yoki Ukraina”, nomli videoso`rovnoma tarqaldi. Videoda aksariyat respondentlar urushda Rossiya tomonida ekanini aytgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o`rinbosari Alisher Qodirov Telegramdagi kanalida mazkur videoga munosabat bildirdi.

“Biz ma`nan, ruhan va jismonan jiddiy jarohatlangan millatmiz. Yo matonat va sabr bilan kurashamiz, bu jarohatdan qutilib qaddimizni rostlaymiz yoki yana og`zi ochiq, oyoq-qo`li shol majruhga aylanamiz... Bu haqorat emas, haqiqat”– deb yozgan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi.

Shuningdek, videoga boshqa jamoatchilik vakillari ham munosabat bildirilgan.

“Bu lavhaga ortiqcha izoh shart emas, menimcha. Bugungi zamonaviy dunyoda siyosiy ong, siyosiy madaniyat, qolaversa, milliy o`zlik, degan tushunchalar bor. Shu ma`noda gapiradigan bo`lsak, bizning jamiyatda bu narsalar bir tomonlama tarvaqaylab ketganini aytish mumkin. Odamlarimiz Rossiya uchun rus vatandoshlaridanam kuyinib Kreml siyosati yonini olishayotir... Bu nima, hamon efiri to`xtatilmayotgan rus OAVsining “ong yuvish” amaliyoti samarasimi?”, – deb yozadi telegramdagi “platforma.uz” kanali.

Eslatib o`tamiz, Rossiya harbiylari joriy yilning 24 fevral kuni Ukraina hududiga bostirib kirgandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1