1

Samarqandda vafot etgan ayol voqeasi Senat ishchi guruhi tomonidan o`rganildi

Jamiyat 29.09.2022, 18:03
Samarqandda vafot etgan ayol voqeasi Senat ishchi guruhi tomonidan o`rganildi

Samarqand viloyati Toyloq tumanida tan jarohati sabab olamdan o`tgan yosh juvon voqeasi Oliy Majlis Senatining ishchi guruhi tomonidan o`rganildi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Iyul oyida bo`lgan ushbu holatda 30-31 yoshlardagi ayol tuman tibbiyot birlashmasiga keltirilgan. Muloqotga kirisholmagan ayolning qarindoshlari tomonidan u yashash xonadonida zinadan yiqilib, tan jarohati olganligi bildirilgan.

Tuman tibbiyot birlashmasining ma`lumotnomasida tanasida verpedrossperantravma (4-bo`yin umumrtqasining siljishi) kabi tan jarohatlari bo`lgan yosh juvon TTBning jonlantirish bo`limida vafot etgan. Qasddan badanga og`ir shikast etkazish bilan bog`liq jinoyat sifatida ko`rilayotgan holat bo`yicha tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur ishchi guruh 28 sentyabr kuni tumanning «G`o`lba» MFY hududida bo`lib, oila-turmush doirasida sodir etilgan og`ir jinoyatning kelib chiqish sabablari tuman mutasaddi idoralari rahbar xodimlari, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida tanqidiy muhokama qilgan.

Unda so`zga chiqqanlar jinoyat sodir etgan fuqaro qonun oldida javob berishi, bu kabi oilaviy janjallarning oldini olishda mahalla faollari va oqsoqollari jonbozlik ko`rsatishlari, oilalarda sog`lom muhitni shakllantirish, aholi o`rtasida o`zaro hurmat va ahillikni mustahkamlash kerakligini ta`kidlab o`tgan.

Ma`lumot uchun, 2022 yilning 1-yarmida 9349 ta mahalladan qariyb 5000 tasida jinoyat sodir etilmagan. 1300 taga yaqin mahallada jinoyatlar soni kamayishiga erishilgan. Jinoyatlar soni ko`paygan 3100 dan ortiq mahalla «qizil» toifaga kiritilib, hamkorlikda qo`shma patrullik yo`nalishlari tashkil etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1