1

Olmaliqda daraxtlar noqonuniy kesib tashlanishi oqibatida 19 mln zarar etkazilgan

Jamiyat 29.09.2022, 18:36
Olmaliqda daraxtlar noqonuniy kesib tashlanishi oqibatida 19 mln zarar etkazilgan

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi “Furqat” MFY hududida daraxtlar kesilib, stadion buzilayotgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Ekologiya qo`mitasi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum bo`lishicha, shu mahallada yashovchi fuqaro A.A. tomonidan joriy yilning 21 iyulida hududda mavjud 15 dona tol daraxtlarini qurilish qilish maqsadida kesish uchun “Davlat xizmatlari markazi” orqali Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasiga murojaat qilingan.

Mazkur murojaat belgilangan tartibda o`rganib chiqilib, boshqarma tomonidan 2022 yilning 25 iyulida fuqaroga daraxt kesilishi bo`yicha rad javobi berilgan.

Shunga qaramasdan A.A. o`zboshimchalik bilan ishchilar yollab, hududdagi kam qimmatli bo`lgan jami 12 tup tol va manzarali daraxtlarini noqonuniy ravishda kesib tashlaganligi oqibatida o`simlik dunyosiga 19,050 mln so`m miqdorida zarar etkazilgan.

Holat bo`yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli qismi bilan ma`muriy jarima belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1