Navbat Italiyaga... Mamlakat elchixonasi ham fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqirdi

Dunyo 29.09.2022, 22:46
Navbat Italiyaga...  Mamlakat elchixonasi ham fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqirdi

Avvalroq AQSh va Latviya elchixonalari murojaat bilan chiqib, zudlik bilan mamlakatni tark etishga chaqirgandi. Ayni paytda Zamon.uz' saytining xabar berishicha, Italiya ham bu borada fuqarolariga yuzlanmoqda.

Italiyaning Moskvadagi elchixonasi o`z fuqarolariga mamlakatni takr etishni tavsiya qildi, deya xabar bermoqda Zamon.uz' nashri.

Ta`kidlanishicha, Rossiyadan Italiya va boshqa mamlakatlarga sayohat chiptalar narxi oshib bormoqda, shuning uchun ularni oldindan xarid qilishi zarur.

“Rossiya bilan xorijiy davlatlar o`rtasidagi transport aloqalari bilan bog`liq qiyinchiliklarni hisobga olib, Rossiyadagi vatandoshlarga zarurat bo`lmasa, mamlakatni tark etish tavsiya qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1