Rossiyada qisman safarbarlik e`lon qilinganidan keyin O`zbekistonga kelgan rossiyaliklar soni sezilarli darajada oshdi. Bu bo`yicha Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.
Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi so`nggi paytlarda fuqarolarning Ukraina atrofidagi vaziyat bo`yicha tez-tez bo`layotgan murojaatlariga munosabat bildirdi. Xususan, gap Rossiyada e`lon qilingan safarbarlikdan so`ng O`zbekistonga ko`chib o`tishga qaror qilgan Rossiya fuqarolari soni keskin oshgani haqida bormoqda.
“O`zbekiston hududiga kelayotgan Rossiya fuqarolari sonining ko`payishiga to`xtaladigan bo`lsak, ularning mamlakatimizda bo`lish masalasi, shuningdek, ehtimoliy ekstradisiya qilinishi O`zbekiston qonunchiligi, ikki tomonlama va ko`p tomonlama huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinishini qayd etamiz”, deyiladi TIV rasmiy bayonotida.
Shu bilan birga, boshqarmaning qayd etishicha, huquqbuzarlik sodir qilmagan xorijiy davlat fuqarolari majburiy deportasiya qilinmaydi.






