Moskvada uy-joylar narxi keskin arzonlashdi

Dunyo 30.09.2022, 09:32
Moskvada uy-joylar narxi keskin arzonlashdi

Moskvada kvartiralarni 60 foizgacha chegirma bilan sotish boshlandi. Bu haqda "Izvestiya" ekspertlar fikriga tayangan holda xabar beradi.

"O`tgan haftada Moskvada ‘ikkinchi bozorda’ o`rtacha chegirmalar 5 dan 7 foizgacha belgilandi. Ba`zi hollarda chegirma 20 foizgacha ko`tarildi. Tezkor oldi-sotdida mijozlar tomonidan impulsiv qarorlar qabul qilishning ikkita sababini ko`ramiz: ko`chib o`tish to`g`risidagi qaror va boshqa mamlakatda yashash uchun pulga bo`lgan muhtojlik, shuningdek, geosiyosiy holat taranglashganda bozordagi narxlarning sezilarli darajada pasayishidan qo`rqish", — dedi Welcome 24 hamkori va bosh direktori Mixail Klimenkov.

Time Development marketing direktori Irina Morozovaning so`zlariga ko`ra, poytaxtning ikkilamchi bozorida 60 foizgacha chegirmalar mavjud.

"Shu bilan birga, butun Rossiya bo`ylab ‘ikkilamchi mulk’ egalari xaridorlardan 30-40 foizgacha past. Moskvada birlamchi bozorda qurilayotgan uylardagi kvartiralar uchun 30 foizlik chegirma mavjud", — dedi ekspert.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1