AsosiyJamiyat

Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasi Toshkentdan Stavropol va Ufaga parvozlarni yo`lga qo`yadi

'Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasi Toshkentdan Stavropol va Ufaga parvozlarni yo`lga qo`yadi'ning rasmi

4 noyabrdan Red Wings aviakompaniyasi Toshkentdan Stavropol va Ufaga to`g`ridan-to`g`ri reyslarni yo`lga qo`yadi. Parvozlar muntazam ravishda 100 o`ringa mo`ljallangan SSJ100 samolyotlarida amalga oshiriladi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Toshkent — Stavropol va Toshkent — Ufa yo`nalishlari bo`yicha parvozlar haftada bir marta, juma kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar flyredwings.com rasmiy veb-saytida yoki aviakompaniyaning mobil ilovasi orqali sotuvga qo`yilgan.

Red Wings — Rossiyaning eng yirik o`nta aviakompaniyalaridan biri bo`lib, doimiy va charter reyslarda yo`lovchi tashishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda aviatashuvchi O`zbekiston poytaxtidan Moskva, Ekaterinburg va Maxachqal`aga parvozlarni amalga oshirmoqda.

Boshqa yangiliklar