Senatning o`ttiz uchinchi yalpi majlisi 7 oktyabr kuni chaqiriladi. Unda qanday masalalar ko`riladi?

Siyosat 05.10.2022, 09:57
Senatning o`ttiz uchinchi yalpi majlisi 7 oktyabr kuni chaqiriladi. Unda qanday masalalar ko`riladi?

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Uni Senat Raisi Tanzila Narbaeva olib bordi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar qildi. 

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`ttiz uchinchi yalpi majlisini 2022 yil 7 oktyabr kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi.

Qayd etilganidek, navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalar ko`rib chiqiladi.  “Standartlashtirish to`g`risida”gi, “Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish to`g`risida”gi hamda “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunlar shular jumlasidandir. 

Yalpi majlisda “Geografik ob`ektlarning nomlari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan  o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi va “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga   o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi qonunlarni ham muhokama qilish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, senatorlar Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi bandligini ta`minlash bo`yicha amalga oshirilgan ishlarni o`rganish natijalarini muhokama qiladilar.

Shuningdek, yalpi majlisda Farg`ona viloyati hokimining investisiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to`g`risidagi hisoboti ham eshitiladi.

Senatorlar tomonidan iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohalarida mahalliylashtirish dasturlarining ijrosi hamda Orolbo`yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta`minlash hamda zamonaviy innovasion texnologiyalarni keng tatbiq qilish bo`yicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan ikkita parlament so`rovi natijalari ham muhokama qilinadi.

Yalpi majlis kun tartibi doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini ham tasdiqlash nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1